BREND NOMLARINING MEDIALINGVISTIK TAHLILI: OʻZBEK TILIDAGI MILLIY LEKSIK BIRLIKLAR ASOSIDA
Ключевые слова:
Brend nominatsiyasi, medialingvistika, neyming, kommunikativ samaradorlik, mediamatn, lingvistik tasnif.Аннотация
Mazkur maqolada brend nomlari va ularning medialingvistik tahlili ko'rib chiqilgan bo'lib, neymlarning kommunikativ, lingvistik va madaniy xususiyatlari yoritiladi. Brendlar zamonaviy iqtisodiyotda nafaqat mahsulotni ifodalovchi vosita, balki til va madaniyatni o'zida mujassamlashtiruvchi kuchli kommunikativ birlik sifatida qaraladi. Maqolada neymlarning iste'molchiga axborot yetkazish, e'tibor jalb qilish va barqaror assotsiatsiyalar hosil qilishdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, O'zbekiston brendlari namunalari tahlil qilinib, ularning nomlarida milliy qadriyatlar, ramzlar, qisqartmalar, xalqaro formatlar va akronimlar qo'llanilishi ko'rsatib o'tiladi. Brend nomlarining to'g'ri shakllanishi ularning kommunikativ natijadorligiga bevosita ta'sir ko'rsatishi ta'kidlanadi. Maqolada medialingvistika fanining asosiy yo'nalishlari, brend tilining diskurs, matn, va stilistik kontekstda shakllanishi, shuningdek xorijiy va mahalliy olimlarning ilmiy qarashlari asosida tahlil qilingan. Xulosa qismida brend nomlari lingvistik strategiyalar, semiotik mazmun va madaniy aloqadorlik nuqtai nazaridan chuqur o'rganilishi lozimligi ta'kidlanadi.