TARIXIY YOZMA MANBALAR VA ILMIY ADABIYOTLAR QIMMATLI MANBA SIFATIDA

Авторы

  • Mavlyuda Fayzullayeva

Ключевые слова:

Buxoro amirligi, Surxon vohasi, Rossiya hukumati, rus tadqiqotchilari, yozma manbalar, ilmiy adabiyotlar, moddiy madaniyat, milliy taomlar, xalq xo'jaligi, o'zgarishlar, o'ziga xoslik, etnografiya.

Аннотация

XIX asrning so'nggi choragi XX asr boshlariga kelib O'zbekiston, xususan, Surxon vohasi iqtisodida ham ma'lum o'zgarishlar yuz bergan. Bu davrda o'zbek xalqining nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida, balki moddiy madaniyatida, xususan, milliy taomlarida ham juda katta o'zgarishlar sodir bo'lgan bo'lib, milliy taomlar tarkibiga ko'plab inoetnik taomlar kirib kelgan. Moddiy madaniyatning bir bo'lagi hisoblangan Surxon vohasi an'anaviy taomlarining etnohududiy xususiyatlarini o'rganish orqali ham milliy taomlar tarixi, ularning tarkibi, transformatsiyalashuvi, taomlardagi etnik va inoetnik xususiyatlar, ular bilan bog'liq urf-odat va marosimlar, shuningdek, aholi turmush tarzi bilan bog'liq an'analar va xalq xo'jaligida sodir bo'lgan o'zgarishlar ta'sirini tahlil qilish ilmiy ahamiyat kasb etadi. Shu o'rinda tarixiy yozma manbalar va ilmiy adabiyotlarni o'rganish muhimdir.

Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida rus tadqiqotchilarining Buxoro amirligi iqtisodi, aholisining etnik tarkibi va siyosiy hayoti hamda Turkiston tarixi va etnografiyasiga bag'ishlangan ekspedisiyalarida to'plagan ma'lumotlari qimmatli manba sifatida xizmat qilishi haqida so'z boradi.

Загрузки

Опубликован

13.12.2025