О журнале

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti muassisligidagi “Yoshlar almanaxi” talabalar ilmiy jurnali 2025-yildan boshlab bir yilda olti marta onlayn nashr etiladi. Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tilida beriladi. “Yoshlar almanaxi” jurnali Nizomi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Ilmiy kengashining ----------yil -----------avgustdagi ----------sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Jurnal 2025-yil _-________da O‘zbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tgan. “Yoshlar almanaxi” O‘zbekiston bo‘ylab barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, barcha fan yo‘nalishlarini qamrab oladi. Jurnal iqtisodiyot, tarix, pedagogika, psixologiya, fizika-matematika, filologiya, axborot texnologiyalari, biznes boshqaruvi, bank ishi, falsafa, tilshunoslik kabi sohalarda ilmiy-tadqiqot olib borayotgan talabalar tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalarni onlayn nashr etadi. Mazkur nashr talabalar uchun maqolalar chop etilishi zarur bo‘lgan nashrlar ro‘yxatiga kiritilishi mumkin bo‘lgan darajada sifatli va ilmiy mezonlarga javob beradi hamda faqat talabalar tomonidan yozilgan ilmiy ishlarga yo‘naltirilgan.

Veb-sayt manzili – https://tisu.uz/

Tahririyat manzili – Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Bog‘ishamol MFY, Faravon massivi 4b-uy.

Obuna indeksi – yakka tartibdagi obunachilar uchun –___, tashkilotlar uchun – ___.