XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING INVESTITSIYA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHNING AMALDAGI HOLATI TAHLILI
Ключевые слова:
Investitsiya loyihalari; Investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmlari; Asosiy kapitalga investitsiyalar; To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar; Bank kreditlari; Kapital bozori; Xalqaro moliya institutlari; Davlat-xususiy sheriklik; “Yashil” investitsiyalar; Iqtisodiy o‘sish; O‘zbekiston iqtisodiyoti.Аннотация
Mazkur maqolada O‘zbekiston iqtisodiyotida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tizimi va uning samaradorligi tizimli yondashuv asosida tadqiq etilgan. Tadqiqot doirasida investitsiya faolligining makroiqtisodiy o‘sishga taʼsiri, investitsiya dasturlari orqali amalga oshirilayotgan institutsional o‘zgarishlar hamda moliyalashtirish manbalarining tarkibiy xususiyatlari baholangan. Rasmiy statistik maʼlumotlar asosida asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi va dinamikasi, davlat va bozor mexanizmlarining o‘zaro nisbatlari, shuningdek, to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda kafolatlanmagan xorijiy investitsiyalarning roli tahlil qilingan. Shuningdek, bank tizimida olib borilayotgan islohotlar, kredit resurslari qiymatining investitsiya qarorlariga taʼsiri, xalqaro moliya institutlarining ishtiroki hamda “yashil” investitsiya loyihalarini moliyalashtirish istiqbollari alohida yoritilgan. Tadqiqot natijalariga tayangan holda investitsiya loyihalarini moliyalashtirish samaradorligini oshirish, kapital bozorini chuqurlashtirish va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini kengaytirishga qaratilgan ilmiy amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.