BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLARNI 4K MODELI ASOSIDA TASHKIL ETISH METODIKASI VA BAHOLASH MEXANIZMLARI
Ключевые слова:
4K, boshlang‘ich ta’lim, tabiiy fanlar, inquiry, PBL, formatif baholash, rubrika, hamkorlikda o‘qitish, kompetensiya.Аннотация
Boshlang‘ich sinflarda “Tabiiy fanlar”ni o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda nafaqat predmet bilimlari, balki XXI asr kompetensiyalari — kritik fikrlash, kreativlik, kommunikatsiya va kollaboratsiya
(4K)ni rivojlantirish ta’lim samaradorligining muhim shartiga aylanmoqda. Xalqaro kompetensiya doiralari (xususan, 4K) ta’lim mazmunini amaliy faoliyat, muammo yechish va hamkorlikda o‘rganishga yo‘naltirish zarurligini ta’kidlaydi. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni 4K modeli asosida tashkil etishning integrativ metodikasi taklif etiladi. Metodika “Kirish–Tadqiqot–Izoh– Yaratish–Baholash” dars strukturasi, inquiry (tadqiqotga yo‘naltirilgan ta’lim) va PBL (muammo asosida o‘qitish) elementlari, shuningdek formatif baholash uchun rubrika va chek-listlar bilan asoslanadi. Maqolada 2-sinf (“Suvning xossalari”) va 4-sinf (“Ekotizim va oziq zanjiri”) mavzulari misolida amaliy dars ishlanmalari, guruh rollari, baholash mezonlari hamda 4K indikatorlarini kuzatish mexanizmlari bayon etiladi. Taklif etilgan yondashuv o‘quvchi faolligini oshirish, ilmiy savodxonlikni shakllantirish va dars natijalarini shaffof baholashda qo‘llanmaviy ahamiyatga ega.