JA’FAR MUHAMMAD TERMIZIYNING “MENDAGI BOYSUN” SHE’RI: LINGVISTIK TAHLIL
Аннотация
Zullisonayn shoir, tasavvufshunos va faylasuf olim Ja'far Muhammad Termiziy (Ja'far Xolmo‘minov)ning fors-tojik va o‘zbek tillaridagi ijodi zamonaviy o‘zbek va fors-tojik adabiyotida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Uning she'riyatidagi badiiyat, janrlar va badiiy san'atlar, badiiy va irfoniy tafakkur uyg'unligi kabi masalalarga oid O‘zbekiston Eron, Tojikiston va Misr adabiyotshunos olimlari tomonidan bir qator ilmiy risola va maqolalar nashr etilgan, ammo haligacha shoir she'rlari tilshunoslik nuqtai nazaridan jiddiy tarzda tahlil va tadqiq etilmagan. Ushbu maqolada Ja'far Muhammad Termiziyning “Ko‘zgu hayrati” she'riy to‘plamidan joy olgan “Mendagi Boysun” nomli modern uslubda yozilgan erkin she'ri lingvistik jihatdan tahlil va tadqiq etiladi.