MAISHIY XIZMATLAR SOHASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING MINTAQAVIY XUSUSIYATLARI
Аннотация
Mazkur maqolada maishiy xizmatlar sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning mintaqaviy xususiyatlari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda maishiy xizmatlar sohasining hududiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi iqtisodiy, demografik, infratuzilmaviy va institutsional omillar kompleks yondashuv asosida o‘rganiladi. Mintaqalar kesimida tadbirkorlik subyektlari faolligining farqlanishi, xizmatlar tarkibi va sifati, shuningdek, aholi ehtiyojlari bilan bog‘liq nomutanosibliklar ochib beriladi. Maqolada statistik va tahliliy usullar yordamida mintaqaviy xususiyatlarning tadbirkorlik rivojiga ta’siri asoslab berilib, jadval orqali hududlararo solishtirma tahlil amalga oshiriladi. Tadqiqot natijalari maishiy xizmatlar sohasida hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.