PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL

Авторы

  • Orif Murodov
  • Haydarbek G‘ulomov

Ключевые слова:

agroklaster, paxta tozalash korxonalari, moliyalashtirish–innovatsiya uzilishi, pul aylanish sikli, debitorlik qarzlari, foiz yuklamasi, moliyaviy bosim, innovatsiya

Аннотация

Ushbu maqolada agroklaster tizimida paxta tozalash korxonalarida yuzaga kelayotgan moliyalashtirish–innovatsiya uzilishi muammosi empirik asosda tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida Surxandaryo viloyatida joylashgan “Sherobod paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatining 2020–2023-yillarga oid moliyaviy hisobotlari asosida korxonaning moliyaviy holati, debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda pul oqimlari dinamikasi o‘rganildi.

Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuqori darajadagi debitorlik qarzlari, foiz yuklamasining ortishi va klaster ichidagi hisob-kitoblarning kechikishi korxonaning likvidlik holatini yomonlashtirib, pul aylanish siklining uzayishiga olib keladi. Natijada korxona joriy faoliyatni moliyalashtirish bilan band bo‘lib, innovatsion rivojlanish uchun zarur bo‘lgan investitsion resurslarni shakllantira olmaydi.

Tadqiqot davomida moliyalashtirish–innovatsiya uzilishini baholash uchun integrallashgan yondashuv taklif etilib, uning asosiy determinantlari sifatida pul aylanish sikli, qarzdorlik darajasi, foiz yuklamasi va to‘lovlar kechikishi aniqlandi. Empirik natijalar agroklaster tizimida moliyaviy resurslar va daromadlarning asimmetrik taqsimlanishini tasdiqlab, paxta tozalash korxonalarining “moliyaviy siqilgan bo‘g‘in” sifatida shakllanishini asoslab berdi.

Maqolada muammoni bartaraf etish uchun debitorlik qarzlarini boshqarish, moliyaviy monitoringni raqamlashtirish (DGU-3) va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.

 

 

Загрузки

Опубликован

25-05-2026

Как цитировать

Murodov , O. ., & G‘ulomov, H. (2026). PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLIL. ulletin of cientific esearch UES, 1(1). звлечено от https://scientific.tues.uz/BSRTUES/article/view/180

Выпуск

Раздел

Iqtisodiyot fanlari