HUDUDIY RIVOJLANISHDA DRAYVER TARMOQLARNING O‘RNI VA ULARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-AMALIY ASOSLARI

Авторы

  • Bunyodjon Erdanayev

Аннотация

Mazkur maqolada hududiy rivojlanishda “drayver tarmoqlar” tushunchasining nazariy- metodologik asoslari, ularning iqtisodiy o‘sish, bandlik, innovatsion faollik va investitsion jozibadorlikka ta’siri kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot hududiy iqtisodiyotning tarkibiy transformatsiyasi jarayonida drayver sohalarning shakllanish mexanizmlarini aniqlash, ularning o‘zaro multiplikativ ta’sirini baholash hamda mintaqaviy siyosatda samarali foydalanish imkoniyatlarini asoslashga qaratilgan. Ishda tizimli tahlil, taqqoslash, iqtisodiy-statistik usullar va ekspert baholash elementlari uyg‘unlashgan holda qo‘llanildi. Natijalarda drayver tarmoqlarni aniqlash va ustuvorlashtirish hududning resurs salohiyati, infratuzilma darajasi, institutsional muhit va inson kapitali bilan bevosita bog‘liqligi ko‘rsatildi. Maqola xulosalari hududiy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.

 

Загрузки

Опубликован

25-05-2026

Как цитировать

Erdanayev, B. (2026). HUDUDIY RIVOJLANISHDA DRAYVER TARMOQLARNING O‘RNI VA ULARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-AMALIY ASOSLARI. ulletin of cientific esearch UES, 1(1). звлечено от https://scientific.tues.uz/BSRTUES/article/view/177

Выпуск

Раздел

Iqtisodiyot fanlari