KEKSA YOSHDAGI BEMORLARDA TO'G'RI ICHAK PROLAPSIDA DELORME OPERATSIYASINING AFZALLIKLARI

Авторы

  • Akmal Xaitov
  • Zarina Xalbayeva

Аннотация

To'g'ri ichakning tushishi (rektal prolaps) yo'g'on ichak kasalliklari orasida 9% ni tashkil etadi. Bu kasallik keksa yoshdagi bemorlarda oʻziga xos klinik belgilar bilan namoyon bo'ladigan kasallik boʻlib, oraliq soha mushaklarning zaifllashuvi va tuzilmasining o'zgarishi bilan bog'liq. Ushbu kasallikni xirurgik aralashuvsiz bartaraf etib bo'lmaydi. Shu kunga qadar olimlar to'g'ri ichak va oraliq sohasi plastikasining bir qancha modifikatsiyasini taklif qilishgan. Hozirgi paytda ko'plab modifikatsiyalar ichida Delorme operatsiyasiga alohida e'tibor berilmoqda. Delorme operatsiyasi prolapsni orqa teshik sohasidan (transanal) bartaraf etuvchi, kam invazív usul boʻlib, ayniqsa keksa va yuqori operatsion xavfli bemorlar uchun maqbul hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda Delorme operatsiyasining samaradorligi, sfinkterometriya, funktsional asoratlar chastotasi va qaytalanish darajasi o'rganildi.

Загрузки

Опубликован

11.12.2025