AI VA TIBBIYOT: SUN'IY INTELEKTNING TIBBIYOTDAGI YANGI DAVRI. BOSIMNING SAMARADORLIGI
Ключевые слова:
sun'iy intellekt, ChatGPT, raqamli tibbiyot, klinik qarorlar, diagnostika, jarrohlik, tibbiy texnologiyalar, inson xatosi, etik xavflar, tibbiyotda Al.Аннотация
Zamonaviy tibbiyot raqamli transformatsiya bosqichiga kirib keldi. Sun'iy intellekt (AI) texnologiyalarining jadal rivoji diagnostika, jarrohlik amaliyotlari va klinik qarorlar qabul qilish jarayonlariga chuqur kirib bordi. Ushbu maqola ChatGPT kabi sun'iy intellekt tizimlarining tibbiyotdagi o'rni, ularning samaradorlik darajasi va shifokorlar faoliyatiga ta'sirini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqot metodologiyasi sifatida adabiyotlar tahlili, xalqaro ilmiy maqolalardan olingan ma'lumotlarni solishtirish va amaliy misollarni ko'rib chiqish usuli qo'llanildi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, sun'iy intellekt inson xatosini kamaytirish, tashxis tezligini oshirish va davolash sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, Al'ning haddan ortiq ishonchli qabul qilinishi etik xavflarni ham yuzaga keltiradi. Xulosa sifatida, ChatGPT va unga o'xshash tizimlar shifokorlarni almashtirmasdan, balki ularning intellektual hamkoriga aylanishi kerakligi ta'kidlanadi.