BIOLOGIK FAOL BIRIKMALARNING METALLOKOMPLEKSLARI

Авторы

  • To'lqin Toshpulatov
  • Xayrulla Turayev
  • Jamshid Ashurov

Ключевые слова:

xinolin 2-karboksilik kislota, MEA, RTT, , antibiotik, kompleks, sintez, π-π steking, energiya.

Аннотация

Biz ushbu tadqiqotda yangi metallokompleks birikmaning sintezi, molekulyar va kiristall tuzilishi hamda atomlar o'rtasidagi bog' uzunliklari haqida ma'lumot berdik. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida xinolin 2-karboksilik kislotaning nikel (II) sulfat hamda MEA bilan kompleks birikmasi sintez qilindi. Sintezning maqbul sharoiti sifatida reagentlarning (L, MEA va NiSO4-7H2O) 2:2:1 mol nisbati, 40 daqiqa davomida 30°C haroratda intensiv aralashtirish va olingan tiniq eritmani xona haroratida bug'lanishga qoldirish qoldirish ko'rsatib berildi. Yangi Yangi kompleks birikmaning tarkibi, molekulyar va kristall tuzilishlari RTT yordamida aniqlandi. Markaziy atomning koordinatsion bog'lari uzunligi N1-Ni1, 02-Ni1, N2-Niı mos ravishda 2.204 A, 2.058 hat A , 2.091 Å ga teng ekanligi hamda C-H, N-H va O-H bog'larining uzunligi standartga mos keladigan masofada: C-H bog'i 0.930 Å, N-H bog'i 0.8930 Å va O-H bog'i 0.8230 A boʻlishi aniqlandi. Kompleks birikmaning kristall tuzilishida ichki molekulyar vodorod bog'lar i O2...H-03 o'rtasida bo'lishi ko'rsatib berildi. Kristall yacheykadagi tahlangan metallokompleklarning molekulalararo ta'sirlashish energiyalari umumiy qiymati -281.7k[/ mol ga teng ekanligi aniqlandi

Загрузки

Опубликован

11.12.2025