OSTEOARTRITDA TROMBOSPONDINLI DISINTEGRIN VA METALLOPROTEINAZA NEGIZIDA BO'G'IM TOG'AYI DESTRUKSIYALANISHI VA UNING KLINIK XUSUSIYATLARI

Авторы

  • Xolbek Shermatov
  • Aida Eshmurzayeva

Ключевые слова:

osteoartrit, ADAMTS-4, ADAMTS-5, tog'ay destruksiyasi, biomarker, sinovial suyuqlik.

Аннотация

Ushbu tadqiqotda osteoartrit bilan kasallangan bemorlarda ADAMTS-4 va ADAMTS-5 fermentlari darajasini aniqlash hamda ularning klinik va radiologik ko'rsatkichlar bilan bog'liqligini o'rganish maqsad qilindi.

Usullar. 120 nafar osteoartrit bilan xastalangan bemorlar tahlil qilindi. Ulardan 90 nafarida (1-gruppa) sinovial suyuqlikda ADAMTS-4 va ADAMTS-5 fermentlari aniqlandi, 30 nafar bemor (2-gruppa) solishtiruv guruhi sifatida xizmat qildi. 30 nafar sog'lom sub'ektlar nazorat guruhi sifatida jalb etildi. Barcha bemorlarda og'riq darajasi (VAS), funksional holat (WOMAC) va radiologik bosqich baholandi.

Natijalar. 1-gruppa bemorlarida ADAMTS-4 va ADAMTS-5 fermentlari darajalari nazorat guruhiga nisbatan ishonarli darajada yuqori (p<0.001) ekani aniqlandi. Shuningdek, fermentlar darajalari VAS va WOMAC ko'rsatkichlari bilan musbat korrelyatsiya koʻrsatdi (p<0.01).

Xulosa. Osteoartrit patogenezida ADAMTS-4 va ADAMTS-5 fermentlari tog'ay destruksiyasida muhim rol o'ynaydi. Ularning darajasi klinik belgilari bilan bevosita bog'liq bo'lib, ularni erta diagnostika va prognostikada biomarker sifatida qo'llash mumkin.

Загрузки

Опубликован

11.12.2025