OSHQOZON VA ICHAK KASALLIKLARIDA KLINIK KO'RINISH VA DIAGNOSTIK YONDASHUVLAR
Ключевые слова:
Oshqozon, ichak, gastroenterologiya, tashxis, propedevtika, klinik belgilar, mikroflora, laborator tahlil, endoskopiya, erta aniqlash.Аннотация
Ushbu maqolada oshqozon va ichak kasalliklarining klinik ko'rinishlari, ularning etiologiyasi hamda zamonaviy tashxis qo'yish usullari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini erta aniqlash, ularning rivojlanish mexanizmlarini tushuntirish va propedevtik belgilar asosida tashxislashning samaradorligini baholashdir. Ish davomida klinik kuzatuvlar, laborator tahlillar, endoskopik va ultratovush tekshiruvlari o'tkazildi. Olingan natijalar shuni ko'rsatdiki, oshqozon va ichak kasalliklarining asosiy sabablari noto'g'ri ovqatlanish, stress, ichak mikroflorasi buzilishi va irsiy omillardir. Tahlil natijalariga koʻra, zamonaviy laborator va instrumental metodlarni propedevtik yondashuv bilan birgalikda qo'llash kasalliklarni erta aniqlash va ularning asoratlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.