KO‘P XOMILALI HOMILADORLIK VA TUG‘RUQNING XUSUSIYATLARI
Ключевые слова:
ko‘p xomilali homiladorlik, egizaklar, tugTuq jarayoni, asoratlar, irsiy omillar, ultratovush diagnostikasi, perinatal xavf, erta tug’lilish, ona sog‘ligi, prenatal kuzatuv.Аннотация
Ko'p xomilali homiladorlik ayol organizmi uchun fiziologik jihatdan murakkab va yuqori xavf darajasiga ega bo'lgan holatlardan biri hisoblanadi. Bunday homiladorlikda ikki yoki undan ortiq homila bir vaqtda rivojlanadi, bu esa ona va bolalar sog‘lig‘ini kuzatishda alohida e’tibor talab qiladi. Ko‘p xomilali homiladorlikning kelib chiqishida irsiy omillar, reproduktiv texnologiyalar qo'llanilishi, ona yoshi va gormonal muvozanat muhim rol o‘ynaydi. Bunday holatda homilalarning rivojlanish sur’ati, yo'ldosh va suv pufaklarining joylashuvi, ovqatlanish talablari, shuningdek, fiziologik o‘zgarishlar yakka homiladorlikdan sezilarli farq qiladi. Tug'ruq jarayoni ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, erta tug'ilish, tug‘ruqning zaifligi, qon ketish yoki asfiksiya kabi asoratlar xavfi yuqori bo'ladi. Shuning uchun bunday homiladorlikni yuritishda doimiy tibbiy nazorat, zamonaviy diagnostika va rejalashtirilgan tug'ruq yondashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.