HOMILADORLIK VAQTIDA PATALOGIK VAZN ORTISHI: AKUSHERLIK VA PERINATAL ASORATLAR

Авторы

  • Madina Ismoilova

Ключевые слова:

homiladorlik, patologik vazn ortishi, akusherlik asoratlari, perinatal davr, gestatsion gipertenziya, preeklampsiya, gestatsion diabet, makrosomiya, gipoksiya, kesarcha kesish, monitoring, sog'lom turmush tarzi.

Аннотация

Homiladorlik vaqtida patologik vazn ortishi — ona va homila salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi klinik muammo hisoblanadi. Bunday holat asosan gormonal disbalans, noto'g'ri ovqatlanish, jismoniy faollikning yetishmasligi va irsiy omillar natijasida yuzaga keladi. Haddan tashqari vazn ortishi gestatsion gipertenziya, preeklampsiya, gestatsion diabet kabi akusherlik asoratlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, bu holat homilada makrosomiya, gipoksiya, erta tug'ilish yoki tug'ruqdan keyingi asoratlar xavfini oshiradi. Perinatal davrda patologik vazn ortishi tug'ruqning cho'zilishi, kesarcha kesish ehtimolining ortishi va yangi tug‘ilgan chaqaloqda adaptatsion buzilishlarga sabab bo'lishi mumkin.

Shu bois homilador ayollarni muntazam monitoring qilish, ratsional ovqatlanish va jismoniy faollikni nazorat ostiga olish homila va onaning sog'lom tug'ilishi uchun muhim hisoblanadi. Tadqiqotlar homiladorlik paytidagi sog'lom turmush tarzi patologik vazn ortishini kamaytirib, akusherlik hamda perinatal asoratlarning oldini olishda samarali omil ekanligini ko‘rsatadi.

 

Загрузки

Опубликован

11.12.2025