GEPATIT В VIRUSI PATOGENEZIDA JIGAR HUJAYRALARIDA KECHADIGAN O'ZGARISHLAR
Ключевые слова:
Gepatit В virusi, jigar hujayralari, patogenez, immun javob, cccDNA, fibroz, sirroz, hepatotsellulyar karsinoma.Аннотация
Ushbu maqolada gepatit В virusi patogenezida jigar hujayralarida kechadigan morfologik va molekulyar o‘zgarishlar chuqur tahlil qilinadi. Gepatit В infektsiyasi hepatotsitlarga kirib, yadroda kovalent yopiq aylana DNK (cccDNA) hosil qiladi va virusning uzoq muddatli saqlanishiga sabab bo‘ladi. Virus bevosita hujayrani yemirmaydi, ammo immun javob, ayniqsa CD8+ T-limfotsitlar orqali hepatotsitlarning shikastlanishiga olib keladi. Natijada hujayra ichida “ground-glass” ko‘rinishli morfologik o‘zgarishlar, oksidlovchi stress, mitoxondriyal disfunktsiya, DNK integratsiyasi va hujayra proliferatsiyasi jarayonlari kuzatiladi. Ushbu jarayonlarjigar to'qimasida fibroz, sirroz va hepatotsellulyar karsinoma rivojlanishiga zamin yaratadi. Tahlil natijalari Gepatit В patogenezining hujayra darajasidagi mexanizmlarini chuqur anglash, diagnostika va davolash strategiyalarini takomillashtirish uchun muhim ilmiy asos yaratadi.