TISU ILMIY TADQIQOTLARI XABARNOMASI
9 December 2025
IQTISODIY O‘SISHGA EKOLOGIK OMILLARNING TA’SIRINI BAHOLASH
Maqolada aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot (YaHM) o‘sish sur’atlariga atmosfera ifloslanishining ta’siri ekonometrik jihatdan baholangan. Barqaror iqtisodiy o‘sish ekologik omillarga ham bog‘liq bo‘lib, bu bog‘liqlik darajasini baholash zarurati vujudga keladi. 2010-2025 yillar ma’lumotlari asosida ARIMAX(1,2,0) - X(3) modeli tuzildi, bunda AYaHMning 2-farqi va atmosferaga chiqarilgan ifloslantiruvchi moddalar ko‘rsatkichining 1-farqi statsionar ekani aniqlangan. Eng maqbul modelni tanlash AIC, BIC va HQ mezonlariga ko‘ra amalga oshirilgan. Natijalarga ko‘ra, ifloslantiruvchi moddalar hajmidagi o‘sish qisqa muddatda iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishi, biroq 2-3 yillik kechikishda bu ta’sir salbiy tus olishi aniqlangan.
2025 · Issue 3Pages: 38–43Language: UZ