ALLOPLASTIKADAN KEYIN INFEKTSION ASORATLARINI DAVOLASHDA MANFIY BOSIMNING SAMARADORLIGI
Ключевые слова:
Alloplastika, infektsion asoratlar, manfiy bosim, yiringli yallig'lanish, Leykotsitlar intoksikatsiyasi indeksi, retsidiv.Аннотация
Ushbu tadqiqotda manfiy bosim yordamida operatsiyadan keyingi ventral churralarda alloplastika qilingandan keyin infektsiya bilan asoratlangan jarohatlarni davolashni o'rganish tadqiqot maqsadi qilib belgilandi. Tadqiqot 2021 va 2024 yillar oralig'ida qorin old devorida to'rli protezlardan foydalangandan so'ng asoratlangan (OKVCH) jarohatlari bo'lgan jami 38 nafar bemor qamrab olindi. Bemorlarning yoshi 35 yoshdan 65 yoshgacha edi. Tadqiqot Surxondaryo viloyatidagi ko'p tarmoqli tibbiyot markazining jarrohlik bo'limida o'tkazildi. Tadqiqot guruhida (29 nafar bemor) 50 dan 200 mm.s.u. gacha bo'lgan manfiy bosim (VACUSON 60 elektr aspirator qurilmasi) qo'llanildi. Nazorat guruhini 9 nafar bemor tashkil etdi. Natijalarga ko'ra, manfiy bosimni qo'llash natijasida tadqiqot guruhida jarohatdan suyuqlik chiqishi 3-5 kun ichida 1,5 ml ga kamaydi, bu nazorat guruhiga (6-7 kun) nisbatan tezroqdir. Asosiy guruhda LII indeksi keskin kamayib, bu asoratlangan jarohatlarning tez bitishiga olib keldi. Nazorat guruhida bu ko'rsatkich tadqiqot guruhidagiga qaraganda sekinroq kamaydi. 6 oylik kuzatuvda tadqiqot guruhida takrorlanish kuzatilmadi, nazorat guruhida esa 5,2% ni tashkil etdi. Manfiy bosim alloplastikadan keyingi yiringli yallig'lanishni davolashda samarali usul hisoblanadi.