O'TKIR RESPIRATOR KASALLIKLAR: MIKROBIOLOGIK ETIOLOGIYA VA DIAGNOSTIKA YONDASHUVLARI

Авторы

  • Quvonchbek Tursunov
  • Inoyatullo Xolmurodov

Ключевые слова:

O'tkir respirator kasalliklar, mikrobiologik tashxis, virusli infeksiya, bakterial patogenlar, PCR tahlil, nazofaringeal surtma, etiologiya, ARI monitoringi, ELISA, epidemiologik nazorat, gripp viruslari, laboratoriya diagnostikasi

Аннотация

Ushbu maqola o'tkir respirator kasalliklarning mikrobiologik omillarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda ORK'ga olib keluvchi asosiy patogenlar viruslar (adenovirus, gripp viruslari, paragripp, rinovirus, koronavirus) hamda bakteriyalar (Streptococcus pneumoniae, Haemophilus influenzae, Staphylococcus aureus) o'rganildi. Namuna sifatida klinik holatlarda bemorlardan olingan nazofaringeal surtma va qon tahlillaridan foydalanildi. Laboratoriyada virusologik va bakteriologik tekshiruvlar, jumladan, PCR (polimer zanjir reaksiyasi), ELISA, bakteriologik ekish usullari qo'llanildi. Tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, o'tkir respirator infeksiyalarning 68% holatlari virusli, 22% bakterial va 10% aralash etiologiyaga ega. Maqolada shuningdek zamonaviy tashxislash usullarining afzalliklari va mikrobiologik monitoringning kasalliklarning oldini olishdagi roli yoritilgan. Ilmiy natijalar sog'liqni saqlash sohasida diagnostika va epidemiologik nazoratni kuchaytirish uchun muhim ahamiyatga ega. Maqola mikrobiologiya, epidemiologiya va klinik tibbiyot sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.

Загрузки

Опубликован

11.12.2025