PATTAKESAR
Ключевые слова:
Buxoro amirligi, Termiz, Kelif, Kerki, Pattakesar, Surxon, Amudaryo, Afg‘oniston, Rossiya imperiyasi.Аннотация
O‘rta Osiyoga Rossiya imperiyasi hukmronligi davrida sayyohlar, harbiy amaldorlar, sharq tillarini yaxshi biladigan sharqshunos olimlar kelgan va ular tomonidan o‘lkaning tarixi, geografiyasi, etnografiyasi va boshqa sohalariga oid juda ko‘plab ilmiy maqolalari, tarixiy kitoblari chop etilgan.
Mazkur maʼlumotlar orasida Buxoro amirligining sharqiy qismi hisoblangan Surxon vohasi, uning shaharlari tarixi haqida ham qimmatli maʼlumotlarni uchratishimiz mumkin. Mazkur maqolada manbalar va tarixiy adabiyotlar asosida Buxoro amirligining asosiy tayanch chegara nuqtalaridan biri bo‘lgan Termiz Pattakesari qishlog‘i tarixi, uning Buxoro amirligidagi geografik o‘rni, harbiy-strategik va savdo iqtisodiy ahamiyati yoritilgan.