BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TABIIY FANLAR DARSLARIDA LOYIHA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH NAZARIYASI VA METODIKASI ANNOTATSIYA
Ключевые слова:
boshlang‘ich ta’lim, tabiiy fanlar, loyiha metodi, tadqiqotchilik ko‘nikmalari, hamkorlik pedagogikasi, kompetentsiya, Science, STEAM yondashuv, interaktiv ta’lim, metodika.Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tabiiy fanlar (Science) darslarida loyiha faoliyatini tashkil etishning nazariy asoslari va amaliy metodikasi yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich ta’lim bosqichida tabiiy fanlarni o‘qitishda loyiha metodining nazariy va metodik jihatlarini o‘rganish, uning o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirishdagi o‘rnini asoslash va uni qo‘llash bosqichlarini ishlab chiqishdan iborat. Maqolada loyiha faoliyatining tashkil etish tamoyillari, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlikning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, tabiiy fanlar bo‘yicha amaliy loyiha namunalari keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, loyiha metodi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, mustaqil izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish va o‘quv faoliyatiga bo‘lgan motivatsiyani oshirishda yuqori samaradorlikka ega.