REKLAMA MATNLARIDA SUNIY INTELLEKT VA INSON TARJIMASINING QIYOSIY TAHLILI
Ключевые слова:
Avtomatik tarjima, SI cheklovlari, Lingvistik tajriba, Madaniy xabardorlik, Kontekstual tushunish, Stilistik nuanslar, Inson-SI hamkorligi, Gibrid tarjima.Аннотация
Ushbu maqolada reklama matnlarining tarjima qilish jarayonida sun’iy intellekt texnologiyalari va inson tarjimasining samaradorligi qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Reklama diskursida madaniy moslik, emotsional ta’sir va persuazivlik muhim omillar hisoblanadi. Tadqiqot davomida sun’iy intellekt asosidagi avtomatik tarjimaning tezkorlik va iqtisodiy samaradorlik jihatlari hamda inson tarjimasining lingvistik tajriba, madaniy kontekst va stilistik nozikliklarni uzatishdagi ustunliklari ko‘rib chiqiladi. Ilmiy manbalar tahlili natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt reklama tarjimasida samarali yordamchi vosita bo‘lsa-da, murakkab kommunikativ va madaniy mazmunni to‘liq ifodalashda cheklovlarga ega. Maqolada reklama tarjimasining kelajakdagi rivoji inson va sun’iy intellekt imkoniyatlarini uyg‘unlashtiruvchi gibrid modellar bilan bog‘liqligi asoslanadi.