O‘ZBEKISTON VA UNING CHEGARA MAMLAKAT HUDUDLARIDA TIL SIYOSATI
Ключевые слова:
til siyosati, O‘zbekiston, Qozog‘iston, qiyosiy tahlil, ko‘p tillilik, hujjatlar, davlat tili, yozuv islohotlari, milliy va mahalliy tillar.Аннотация
Til siyosati har bir mamlakatda o‘zining xilma-xil xususiyatlari hamda milliy o‘zlikni anglashga xos ifodaning yorqin ko‘rinishi, madaniy merosni saqlash va davlat tuzilmasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining asosi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy taraqqiyoti hamda zamonaviy tendensiyalar natijasida til siyosatiga xos bo‘lgan jihatlar mamlakatlarning milliy-madaniy, ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi natijasida globalizatsiyaga mutanosiblashadi. Bu esa o‘ziga xos lingvistik muhitga ega O‘zbekistonda ham yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘zbekiston hududidagi mavjud til siyosati tadqiqotda e’tibor qaratilgan asosiy obyekt sanalib, uning boshqa mamlakat hududlaridagi til siyosatlariga o‘xshash va farqli xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida tadqiq etiladi. Ushbu maqolada O‘zbekistondagi zamonaviy til siyosati mustaqillik davrlaridan buyon sodir bo‘lgan evolutsiyaga asosan o‘rganiladi. Shuningdek, ushbu til siyosatiga xos mavjud yutuqlar sanalib, unga qarama-qarshi ravishda kamchilik va muammolar ham qayd etiladi va o‘ziga xos yechimlar taklif etiladi. Ushbu tadqiqot O‘zbekiston va qiyoslanayotgan mamlakatlarning til siyosatiga oid qonunchilik hujjatlari, hukumat qaror va farmonlari, shuningdek, sohaga doir ilmiy adabiyotlarning tahliliga asoslanadi. Tanlangan hududlar doirasidagi mavjud til siyosatining davlat tili, milliy va mahalliy tillarga xos munosabati, ommaviy axborot vositalari va davlat boshqaruvidagi til, bundan tashqari, yozuv islohotlariga oid olib borilayotgan targ‘ibotlar yuzasidan o‘zaro umumiylik va farqlilik tizimli ravishda qiyosiy tahlil qilingan.