IQTISODIY O‘SISH OMILLARINI KOBB-DUGLAS MODELI ASOSIDA EKONOMETRIK BAHOLASH
Аннотация
Mazkur maqolada hududiy iqtisodiy o‘sish omillari ekonometrik usullar yordamida tahlil qilingan. Xususan, Surxondaryo viloyati misolida yalpi hududiy mahsulotga investitsiyalar va mehnat resurslarining ta’siri Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasi asosida baholangan. Tadqiqot jarayonida modelning dastlabki ko‘rinishidagi muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish maqsadida cheklangan (intensiv) shakldagi modeldan foydalanilgan. Olingan natijalar investitsiyalar omilining iqtisodiy o‘sishga ta’siri yuqori ekanligini, mehnat resurslarining ta’siri esa nisbatan past ekanligini ko‘rsatdi.
Shuningdek, iqtisodiy o‘sishning asosan kapital intensiv rivojlanish xususiyatiga ega ekani aniqlandi.
Tadqiqot natijalari hududiy iqtisodiy siyosatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.