Отправка материалов

Для отправки материала вам нужно Войти в систему или Зарегистрироваться.

Контрольный список подготовки материала к отправке

В качестве одного из этапов процесса отправки авторы должны проверить соответствие их материала всем следующим пунктам, материалы могут быть возвращены авторам, если они не соответствуют этим требованиям.
  • Этот материал ранее не был опубликован, а также не был представлен для рассмотрения и публикации в другом журнале (или дано объяснение этого в Комментариях для редактора).
  • Файл с материалом представлен в формате документа OpenOffice, Microsoft Word или RTF.
  • Приведены полные интернет-адреса (URL) для ссылок там, где это возможно.
  • Текст набран с одинарным межстрочным интервалом; используется кегль шрифта в 12 пунктов; для выделения используется курсив, а не подчеркивание (за исключением URL-адресов); все иллюстрации, графики и таблицы расположены в соответствующих местах в тексте, а не в конце документа.

Kirish

Политика раздела по умолчанию

Заявление о конфиденциальности

“TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” ilmiy-uslubiy jurnalining tahririyat

NIZOMI

  1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. “TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” jurnali — Respublikadagi iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, bank ishi, tarix, falsafa, pedagogika, psixologiya, tibbiyot, matematika, axborot texnologiyalari, tilshunoslik bo‘yicha olimlar, xorijiy mutaxassislar hamda ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant, mustaqil izlanuvchi magistrant va talabalar uchun mo‘ljallangan ilmiy-metodik jurnaldir.

Muassis Termiz iqtisodiyot va servis universiteti nodavlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.

1.2. Mazkur Nizom “TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” jurnali (keyingi o‘rinlarda matnda “Tahririyat” deb yuritiladi) faoliyatining tashkiliy, iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy asoslarini belgilaydi.

1.3. “TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” jurnali tahririyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun, muassis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi.

1.4. Tahririyat o‘z faoliyatini amalga oshirishda kasb mustaqilligiga asoslanadi va muassis bilan doimiy hamkorlik qiladi. Amaldagi qonunlarda, mazkur Nizomda, ta’sis shartnomasida nazarda tutilmagan hollarda Muassis tahririyat ishlariga aralashmaydi.

1.5. “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunga binoan jurnal materiallari senzuradan xolidir.

1.6. Nizom Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Ilmiy Kengashining 2022-yil 27-dekabrdagi 1-sonli yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan.

 

  1. MUASSISNING HUQUQLARI VA VAZIFALARI

2.1. Muassisning ommaviy axborot vositasini ta’sis etish bilan bog‘liq barcha harakatlari, ularning huquqlari, maqsad va vazifalari, davlat hamda jamiyat oldidagi mas’uliyati O‘zbekiston Respublikasining qonunlari asosida belgilanadi. Muassis, noshir va tahririyat o‘rtasidagi ishlab chiqarish, mulkiy va moliyaviy munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga mos ravishda tuzilgan ta’sis shartnomalari asosida o‘rnatiladi.

2.2. Muassisning huquq va majburiyatlari:

Muassis quyidagi huquqlarga ega:

- ta’sis shartnomasi, Nizom va qonun hujjatlarida, shuningdek u bilan tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida ommaviy axborot vositasining ishlarini boshqarishda ishtirok etish;

- qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq ravishda foyda va zararlar taqsimotida ishtirok etish;

- ommaviy axborot vositasini muassis yoki uning tomonidan ko‘rsatilgan uchinchi shaxs manfaatlarini ko‘zlab qonun hujjatlariga muvofiq boshqaruvni amalga oshirishi lozim bo‘lgan boshqa shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) mulkiy majmui sifatida ishonchli boshqaruvga topshirish;

- ommaviy axborot vositasi muharririni (bosh muharririni), shuningdek tahrir hay’ati a’zolarini tayinlash va ozod qilish;

- eng katta hajmi va e’lon qilish muddati tahririyat nizomida yoki ta’sis shartnomasida belgilanadigan xabarni yoki reklama tusida bo‘lmagan materialni o‘z nomidan bepul joylashtirish;

- ommaviy axborot vositasi tugatilgan yoki ommaviy axborot vositasining faoliyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning bir qismini yoki uning qiymatini qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.

Muassis quyidagilarni bajarishi shart:

- ommaviy axborot vositasining Nizomini tasdiqlash;

- ommaviy axborot vositasi tahririyati bilan shartnoma tuzish;

- ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash.

Muassis senzurani amalga oshirishga, retsenziyadan o‘tkazishga yoki tahririyatning ijodiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek, ommaviy axborot vositasining ishlab chiqarilishi va tarqatilishi masalalariga aralashishga haqli emas, ta’sis shartnomasida yoki Nizomda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Qonun hujjatlariga muvofiq muassis boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va uning zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

- tahririyat ishlarini olib borish uchun bosh muharrir tavsiya qilgan bosh muharrir o‘rinbosari, mas’ul kotib, muharrir, dizayner, musahhih va kompyuterda teruvchi, sahifalovchini ishga qabul qiladi, tahririyatning shtat jadvalini belgilaydi va budjetdan tashqari mablag‘ hisobidan maosh bilan ta’minlaydi;

- jurnalni chop etish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni oldindan to‘lashni o‘z zimmasiga oladi;

- alohida xizmat ko‘rsatgan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, hukumat mukofotlariga taqdim etish;

- jurnalni sotishdan tushgan mablag‘ jurnal faoliyatini yanada kengaytirish va takomillashtirishga sarflanadi.

Jurnal tahririyatining amaliy faoliyati muassislarning o‘z burch va vazifalarini belgilovchi asosiy omildir.

Muassis tahririyatning kasb mustaqilligi doirasidagi majburiyatlari uchun javob bermaydilar. Tahririyat muassisning kasb mustaqilligi doirasidagi majburiyatlari uchun javob bermaydi.

 

III. “TISU ILMIY TADQIQOTLARI XABARNOMASI” JURNALINING MAQSAD VA VAZIFALARI

3.1. “TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” jurnalining maqsadi: Jurnalda iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, bank ishi, tarix, falsafa, pedagogika, psixologiya, tibbiyot, matematika, axborot texnologiyalari, tilshunoslik ruknlari bo‘yicha Respublikamizdagi yetakchi olimlar, xorijiy mutaxassislar hamda ushbu yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan doktorant, mustaqil izlanuvchi, magistrant va talabalarning maqolalari chop etiladi va yangiliklar ilmiy jamoatchilikka yetkaziladi. Mazkur yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan tadqiqotchilarning ilmiy izlanish va tadqiqot natijalarini e’lon qilish uchun o‘ziga xos maydon taqdim etadi.

Jurnal vazirlik tasarrufidagi o‘quv yurtlarida ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy tadqiqotlarga oid fanlarni zamon talablari darajasida rivojlantirish, uni milliy g‘oya mafkurasi bilan boyitish va shu fan yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy-metodik yangiliklarni ilmiy jamoatchilikka yetkazishga xizmat qiladi.

Mazkur nashr “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ko‘zda tutilgan barcha masalalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish, milliy hamda jahondagi ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiy tadqiqotlar muammolariga doir ilg‘or nazariyalar, ilmiy fikrlar, metodika va amaliyotni hayotga joriy etishda targ‘ibotchi va tashviqotchi sifatida faoliyat ko‘rsatishdan iborat.

Tahririyat o‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirish bilan birga, tahririyat xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda o‘z moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun qo‘shimcha manbalar yaratish maqsadida muassislar bilan birgalikda amaldagi qonunlarga asoslangan holda turli ilovalar, bukletlar, taqvimlar, plakatlar va boshqa shu sohaga oid qo‘llanmalar nashr qiladi.

  1. NOSHIR

4.1. Muassis, tahririyat va noshir o‘rtasidagi barcha ishlab chiqarish, mulkiy va moliyaviy munosabatlar amaldagi qonunlar va o‘zaro tuzilgan shartnomalar asosida o‘rnatiladi.

  1. ISHLAB CHIQARISH VA MOLIYAVIY FAOLIYAT

5.1. Tahririyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi hamda Termiz iqtisodiyot va servis universiteti nodavlat ta’lim muassasasi muassisligida tashkil etilib, universitet tarkibida faoliyat yuritadi.

5.2. Tahririyatning huquqiy manzili: Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Bog‘ishamol MFY, Faravon massivi 4B-uy.

5.3. Mulkni hosil qilish manbalari quyidagilardir:

- jurnal tirajini sotishdan yoki qo‘shimcha bosilgan tirajni o‘z agentlari orqali sotishdan tushadigan daromad;

- obunadan tushadigan daromad;

- bank va boshqa kredit beruvchilarning kreditlari;

- qaytarilmaydigan va hayriya badallari, tashkilotlar, korxonalar va fuqarolarning beg‘araz moddiy yordamlari;

- homiylardan tushgan mablag‘lar;

- ushbu Nizomda belgilangan faoliyatlarning amalga oshirilgan barcha turlaridan tushgan mablag‘lar;

- qonunlarga zid kelmaydigan boshqa manbalar.

5.4. Tahririyat ishlab chiqargan mahsulotlar va boshqa qonun-qoidalarga hamda muassis bilan tuzilgan ta’sis shartnomalariga zid kelmaydigan faoliyatlardan tushgan daromadlar, muassis bilan kelishilgan holda va u bilan tuzilgan shartnomalar asosida taqsimlanadi.

5.5. Tahririyat jurnalning bir soni narxini, shuningdek, u bajarayotgan boshqa ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar bahosini muassis bilan kelishgan holda belgilaydi.

 

  1. TASHKILIY MASALALAR

6.1. Tahririyat ijodiy, ishlab chiqarish, tijorat va moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq asosiy masalalarni tahrir hay’ati yig‘ilishida ko‘rib chiqadi va hal qiladi.

6.2. Tahrir hay’ati tarkibiga: bosh muharrir (rais), bosh muharrir o‘rinbosari, mas’ul kotib va tahririyatning ayrim a’zolari, muassis, jamoatchilik vakillari kirishlari mumkin.

TISU rektori - “TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” jurnalining Bosh muharriri hisoblanadi.

Tahrir hay’ati tarkibi (bosh muharrirdan tashqari) va undan boshqa o‘zgartirishlar bosh muharrir tavsiyasiga ko‘ra Termiz iqtisodiyot va servis universiteti nodavlat ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.

6.3. Tahririyat kengashi jurnalning ijodiy, noshirlik, tijorat va moliyaviy faoliyat ko‘rsatishida ko‘maklashuvchi maslahatchilar guruhidir.

6.4. Bosh muharrir:

- tahrir hay’ati va tahririyat jamoasi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

- ta’sischilar, noshir, muallif, davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlari, fuqarolarning boshqa hamjamiyatlari bilan bo‘lgan aloqalarda tahririyatning vakili sifatida ishtirok etadi;

- jurnal ehtiyojidan kelib chiqib, barcha ijodiy, texnik va boshqa xodimlarni ishga tavsiya etadi;

- jurnalga taalluqli bo‘lgan masalalarni ta’sis shartnomasi va Nizomga asosan hal qiladi.

6.5. Tahririyat jamoasi - bosh muharrir, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib, muharrirlar, dizayner, musahhih va boshqa maslahatchilardan tashkil topadi.

Tahririyat jamoasi o‘z huquqlari doirasiga kiradigan barcha masalalarni umumiy majlisda hal qiladi.

6.6. Tahririyat jamoasi mehnat shartnomasi (kontrakt) bilan ishlayotgan fuqarolardan iborat bo‘ladi.

 

VII. TAHRIRIYATDAGI MEHNAT MUNOSABATLARI

7.1. Mehnat jamoasining mehnat huquqlari va majburiyatlari (burchlari) amaldagi qonun, mazkur Nizom, universitet Nizomi va Ichki tartib qoidalari, Odob axloq kodeksi, lavozimga taalluqli yo‘riqnomalar bilan belgilanadi.

7.2. Bosh muharrir ijodiy xodimlarni ishga qabul qilish bo‘yicha Termiz iqtisodiyot va servis universiteti nodavlat ta’lim muassasasi rektoriga tegishli takliflar kiritadi.

 

VIII. “TISU ILMIY TADQIQOTLARI XABARNOMASI” JURNAL NASHRINING TO‘XTATILISHI

8.1. “TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” jurnalni nashrdan chiqarilishini to‘xtatib turish yoki tugatish muassis arizasi asosida sudning qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.

Muassis ommaviy axborot vositasining chiqarilishini tahririyat Nizomida yoki muassis va tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnoma (kelishuv) asosida o‘rnatilgan tartibda to‘xtatib turish yoki tugatishga haqlidir.

8.2. “TISU ilmiy tadqiqotlari xabarnomasi” jurnali muassislar qarori bilan to‘xtatilgan taqdirda ishdan bo‘shagan xodimlarga nisbatan qonunda ko‘zda tutilgan barcha mehnat kafolati huquqlariga rioya qilinadi.

 

  1. YAKUNIY QOIDALAR

9.1. Mazkur Nizom muassislar tomonidan qabul qilinadi va tasdiqlanadi;

9.2. Mazkur Nizom tasdiqlangan kundan e’tiboran kuchga kiradi;

9.3. Nizom va Ta’sis shartnomasi bir-birini to‘ldiradi;

9.4. Ushbu Nizom o‘zbek tilida, teng huquqiy kuchga ega bo‘lgan uch nusxadan iborat.