O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH METODOLOGIYASI

Авторы

  • Tuyg‘unoy Mamadjanova

Ключевые слова:

kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, eksport salohiyati, O‘zbekiston, metodologiya, raqamli transformatsiya, kompozit indeks, gravitatsiya modeli, diversifikatsiya, qo‘shilgan qiymat, hududiy tafovutlar, iqtisodiy siyosat.

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksport salohiyatini oshirish metodologiyasini takomillashtirish masalalari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqotda eksport salohiyati tushunchasi nazariy jihatdan izohlanib, uni baholashning zamonaviy metodlari, jumladan kompozit indekslar, gravitatsiya modellaridan foydalanish, shuningdek raqamli transformatsiya jarayonlarining kichik biznes faoliyatiga ta’siri yoritilgan. Maqolada O‘zbekiston sharoitida mavjud eksport imkoniyatlari, hududiy tafovutlar va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi bozorga chiqishdagi institutsional va moliyaviy to‘siqlari empirik dalillar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, xalqaro tajriba bilan solishtirish asosida kichik biznesning eksportga kirish imkoniyatlarini kengaytirish, diversifikatsiyani kuchaytirish, qiymatini oshirish hamda raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali eksportni qo‘llab-quvvatlashning metodologik yondashuvlari ishlab chiqiladi. Natijada, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha kompleks ilmiy-amaliy mahsulotlarning qo‘shilgan takliflar ilgari suriladi.

Загрузки

Опубликован

12-06-2026

Как цитировать

Mamadjanova, T. (2026). O‘ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISH METODOLOGIYASI. ulletin of cientific esearch UES, 1(3). звлечено от https://scientific.tues.uz/BSRTUES/article/view/229