Asosiy kontentga o'tish

TISU ILMIY TADQIQOTLARI XABARNOMASI — 2026 · Nashr 2

O‘ZBEKISTON TURIZMINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI EKOTIZIMNI SHAKLLANTIRISH

  1. Murodullayeva Guljaxon A’zamjon qizi* — "Ipak yo‘li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, Узбекистан ORCID

* Tegishli muallif.

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston turizmini 2030-yilgacha rivojlantirishda raqamli ekotizimni shakllantirishning institutsional va iqtisodiy mexanizmlari tadqiq etilgan. Zamonaviy turizmda raqamlashtirish alohida elektron xizmatlarni joriy etishdan yaxlit raqamli ekotizimni shakllantirish bosqichiga o‘tmoqda. Tadqiqotda turizm sohasida raqamli platformalar, Big Data, sun’iy intellekt, elektron to‘lov tizimlari, raqamli marketing va ma’lumotlarga asoslangan boshqaruvning iqtisodiy samaradorligi tahlil qilingan. Tadqiqot metodologiyasi tizimli, institutsional, qiyosiy va statistik tahlil, kontent-tahlil hamda SWOT-tahlil usullariga asoslangan. O‘zbekistonning turizm sohasiga oid strategik hujjatlari, xalqaro tashkilotlarning hisobotlari va ilmiy adabiyotlar tahlili asosida raqamli turizm ekotizimining asosiy institutsional subyektlari hamda iqtisodiy mexanizmlari aniqlangan. Tadqiqot natijasida davlat, turistik biznes, raqamli platformalar, mahalliy hamjamiyat, turistlar va ilmiy-ta’lim muassasalarini yagona tizimga birlashtiruvchi institutsional-iqtisodiy model taklif etilgan. Modelning samarali joriy etilishi turistik xizmatlar eksportini oshirish, kichik biznesni raqamli iqtisodiyotga jalb qilish, turist xarajatlarini ko‘paytirish va O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini mustahkamlashga xizmat qilishi mumkin.

Kalit so'zlar

raqamli ekotizimraqamli turizminstitutsional mexanizmiqtisodiy mexanizmSmart Tourismturizm platformasiBig Datasun’iy intellektturistik biznesO‘zbekiston — 2030.

How to cite

Murodullayeva Guljaxon A’zamjon qizi. “O‘ZBEKISTON TURIZMINI 2030-YILGACHA RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI EKOTIZIMNI SHAKLLANTIRISH”. TISU ILMIY TADQIQOTLARI XABARNOMASI — (2026), Issue 2. pp. 107–112. https://doi.org/10.5281/zenodo.22769537

Qo'shimcha fayllar