Asosiy kontentga o'tish

TISU ILMIY TADQIQOTLARI XABARNOMASI — 2026 · Nashr 2

KREATIV XIZMATLAR EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI VA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI

  1. Xamroyeva Sitora Otabekovna* — Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti, Uzbekistan ORCID

* Tegishli muallif.

Annotatsiya

Mazkur maqolada kreativ xizmatlar eksport salohiyatini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari, uning rivojlanish tendensiyalari hamda samarali strategik yo‘nalishlari tadqiq etilgan. Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi natijasida dasturiy ta’minot, dizayn, reklama, raqamli marketing, audiovizual mahsulotlar, animatsiya, media va boshqa kreativ xizmatlarning xalqaro bozordagi ahamiyati ortib bormoqda. Tadqiqotda tizimli, qiyosiy, statistik, institutsional va SWOT-tahlil usullaridan foydalanilgan. Xalqaro tajriba hamda O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish ustuvorliklari asosida kreativ xizmatlar eksportini kengaytirishga ta’sir etuvchi asosiy omillar aniqlangan. Tadqiqot natijalari kreativ xizmatlar eksportini rivojlantirish uchun raqamli infratuzilmani takomillashtirish, kreativ inson kapitalini rivojlantirish, xalqaro raqamli platformalarga integratsiyalashuv, intellektual mulkni himoya qilish, eksportni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash hamda milliy kreativ brendlarni shakllantirish zarurligini ko‘rsatdi. Maqolada O‘zbekiston uchun kreativ xizmatlar eksportini rivojlantirishning institutsional-iqtisodiy mexanizmlari taklif etilgan.

Kalit so'zlar

kreativ iqtisodiyotkreativ xizmatlarxizmatlar eksportieksport salohiyatiraqamli iqtisodiyotkreativ industriyaraqamli platformalarinson kapitaliintellektual mulkinnovatsiya.

How to cite

Xamroyeva Sitora Otabekovna. “KREATIV XIZMATLAR EKSPORT SALOHIYATINI OSHIRISHNING STRATEGIK YO‘NALISHLARI VA RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI”. TISU ILMIY TADQIQOTLARI XABARNOMASI — (2026), Issue 2. pp. 113–118. https://doi.org/10.5281/zenodo.22811598

Qo'shimcha fayllar