TISU ILMIY TADQIQOTLARI XABARNOMASI — 2026 · Выпуск 1
PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLILI
- Murodov Orif Jumayevich* — Renessans taʼlim universiteti, Узбекистан ORCID
- G‘ulomov Haydarbek Ilyos o‘g‘li — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Узбекистан
* Автор для корреспонденции.
Аннотация
Ushbu maqolada agroklaster tizimida paxta tozalash korxonalarida yuzaga kelayotgan moliyalashtirish–innovatsiya uzilishi muammosi empirik asosda tahlil qilingan. Tadqiqot obyekti sifatida Surxandaryo viloyatida joylashgan “Sherobod paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatining 2020–2023-yillarga oid moliyaviy hisobotlari asosida korxonaning moliyaviy holati, debitorlik va kreditorlik qarzlari hamda pul oqimlari dinamikasi o‘rganildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatdiki, yuqori darajadagi debitorlik qarzlari, foiz yuklamasining ortishi va klaster ichidagi hisob-kitoblarning kechikishi korxonaning likvidlik holatini yomonlashtirib, pul aylanish siklining uzayishiga olib keladi. Natijada korxona joriy faoliyatni oliyalashtirish bilan band bo‘lib, innovatsion rivojlanish uchun zarur bo‘lgan investitsion resurslarni shakllantira olmaydi. Tadqiqot davomida moliyalashtirish–innovatsiya uzilishini baholash uchun integrallashgan yondashuv taklif etilib, uning asosiy determinantlari sifatida pul aylanish sikli, qarzdorlik darajasi, foiz yuklamasi va to‘lovlar kechikishi aniqlandi. Empirik natijalar agroklaster tizimida moliyaviy resurslar va daromadlarning asimmetrik taqsimlanishini tasdiqlab, paxta tozalash korxonalarining “moliyaviy siqilgan bo‘g‘in” sifatida shakllanishini asoslab berdi. Maqolada muammoni bartaraf etish uchun debitorlik qarzlarini boshqarish, moliyaviy monitoringni raqamlashtirish (DGU-3) va innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqildi.
Ключевые слова
agroklasterpaxta tozalash korxonalarimoliyalashtirish–innovatsiya uzilishipul aylanish siklidebitorlik qarzlarifoiz yuklamasimoliyaviy bosiminnovatsiya
How to cite
Murodov Orif Jumayevich, G‘ulomov Haydarbek Ilyos o‘g‘li. “PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA MOLIYALASHTIRISH–INNOVATSIYA UZILISHI: O‘ZBEKISTON AGROKLASTERLARI MISOLIDA EMPIRIK TAHLILI”. TISU ILMIY TADQIQOTLARI XABARNOMASI — (2026), Issue 1. pp. 52–58.
Дополнительные материалы
- 01aafea94e-e0f1-461f-8d1c-d30e79cde6fa.pdfСкачать